To‘lov siyosati
Sardorlik uchun to‘lovlar qanday amalga oshiriladi va qachon qaytarilishi mumkin.
Barcha to‘lovlarni rasmiy va xavfsiz provayder orqali qabul qilamiz. To‘lov ma'lumotlari to'liq shifrlangan shlyuz orqali uzatiladi.
-
1. Rasmiy Click provayderi
Barcha to‘lovlarni faqat rasmiy Click provayderi orqali qabul qilamiz. Tranzaksiyalar serverimizda qayta ishlanmaydi. To‘lovlarning xavfsizligi va tasdiqlanishi CLICK tizimi javobgarligida amalga oshiriladi.
-
2. Sardor oʻrni sotib olinishi mumkin
Oldindan to‘langan sardor oʻrnini boshqa foydalanuvchi yuqori summa taklif qilgan holda qayta sotib olishi mumkin. Bu Sardorlikning raqobat mexanikasining tabiiy qismidir.
-
3. Qaytarish shartlari
Sardorlik uchun muvaffaqiyatli tasdiqlangan to‘lov odatda qaytarilmaydi, chunki xizmat ko‘rsatilgan hisoblanadi. Qonun hujjatlarida belgilangan asoslar bo‘yicha qaytarish talabnomasi xizmat ko‘rsatuvchi elektron pochtasiga yuboriladi.
Arizalarning ko‘rib chiqish muddati 25 ish kuni, qaytarish amalga oshirish muddati esa 25 ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Raqobatchi tomonidan taxtni egallab olinishi o‘z-o‘zidan qaytarish uchun asos hisoblanmaydi.
-
4. So‘mda ko‘rsatiladi
To‘lovlar so‘m (UZS) da ko‘rsatiladi, ichki hisobda esa tiyin hisobi olib boriladi va yaxlitlanadi (1 so‘m = 100 tiyin).